
Prezident tomonidan “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.
2024 yil 1 sentyabrdan:
- sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
- sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
- Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urtalovchilar reytingini yuritadi va OAVda e’lon qilib boradi.
Sug‘urtalovchilarning tabaqalashtirilgan ustav kapitali miqdorlari tasdiqlanmoqda.
Hujjat bilan:
- sug‘urta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish;
- bakalavriatda “sug‘urta ishi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddatini 4 yildan 3 yilgacha qisqartirish taklifini kiritish;
- 2025 yil 1 yanvarga qadar bosqichma-bosqich quyidagilarni joriy etish:
- yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sug‘urta qilish tizimini;
- takaful tamoyillarini va mahsulotlarini joriy etish;
- yuklatilgan sug‘urta turlarini kengaytirish.
Sug‘urta XizmatlariSug‘urta PolislariMajburiy Sug‘urtaYuridik ShaxslarIstiqbolli LoyihalarTakaful Tamoyillari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing