O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Nyu Yorkda 6 mart kuni O‘zbekiston va Beliz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Belizning BMTdagi doimiy vakili Karlos Fuller imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdi. Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash uchun o‘zaro aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shu tariqa, Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 147-davlat bo‘ldi.
5 mart kuni O‘zbekiston va Lixtenshteyn Knyazligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolangandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0
…