
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 martdagi 110-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar qildi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
- ikkinchi farzandi uchun – farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.
Nafaqa olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali berish mumkin.
O‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-son qaroriga 4-ilova – “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti”ga kiritilmoqda.
O‘zbekiston RespublikasiNafaqa PuliFarzand Tug‘ilishiIjtimoiy HimoyaO‘zgarishlar KiritishDavlat Xizmatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing