9 martda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 12-o‘rinni egallab turibdi.
IQAir portaliga ko‘ra, soat 8:15 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 160 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 1-o‘rinni Senegalning Dakar shahri egallagan — PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 196 mkg/m3. Hindistonning Kalkuttasi 2-pog‘onada — 187 mkg/m3. Pokistonning Lahor shahri uchlikni yakunlab bergan — 183 mkg/m3.
Reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Dakka (Bangladesh), Dehli (Hindiston), Xanoy (Vetnam), Katmandu (Nepal), Yangon (Myanma), Chendu (Xitoy) o‘rin egallagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.
29 fevral kuni Toshkent havosining iflosligi bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqqan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”