
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahrida ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozi munosabati bilan 10 martdan boshlab har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
- Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.
Bektemir tumani bo‘yicha:
- Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Husayn Boyqaro ko‘chasiga qadar.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
- Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.
- Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.
Mirobod tumani bo‘yicha:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Qo‘yliq—Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar. Qo‘yliq ota masjidi THAY—Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.
Sergeli tumani bo‘yicha:
- Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Choshtepa 1-tor ko‘chasiga qadar.
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli—No‘g‘ayqo‘rg‘on KHAY—Sag‘bon chorrahasidan
- Nurafshon—Sag‘bon chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- Usmon bin Ma’zum masjidi KHAY—Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY—Qushbegi chorrahasigacha.
- Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli—Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy—Bog‘-u bo‘ston chorrahasigacha.
- Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.
Yangihayot tumani:
- Niyozmat ota masjidi THAY—Binokor chorrahasidan “Pastdarg‘on” mahallasiga kirishga qadar.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza—Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza—Beshqayrag‘och chorrahasigacha. Kamolon masjidi Bunyodkor—Kamolon chorrahasidan Kamolon—Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.
Olmazor tumani bo‘yicha:
- Xasti Imom masjidi Nurafshon—Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy—Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.
- Islomobod masjidi KHAY—Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon—Sag‘bon chorrahasigacha.
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon—Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li—Noraztepa chorrahasigacha.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
- Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
- Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qa’ni) masjidi Katta Qa’ni aylanmasidan Lutfiy—Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha. Hazrati Ali masjidi Nazarbek—Mahorat chorrahasidan Nazarbek—Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
- Novza masjidi Bunyodkor—Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy—Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.
- Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.
Ushbu ko‘chalardan faqatgina maxsus transport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ramazon oyi 11 martdan boshlanadi. Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda, falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, ramazon oyining birinchi kuni dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar