date
views 198

Toshkentda BMW va Tracker-2 hisobidan sobiq xotinga 60 ming dollar undirib berildi

Toshkentda BMW va Tracker-2 hisobidan sobiq xotinga 60 ming dollar undirib berildi
Foto: MIB matbuot xizmati
Toshkentning Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro B.O. turmush o‘rtog‘i F.O. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli ajrashishga qaror qilgan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, er va xotin o‘zaro qurgan turmushi davomida o‘rtalarida orttirilgan mol-mulkni bo‘lish bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga murojaat qiladi.

Sudning ijro varaqasiga asosan turmush davrida ottirilgan umumiy mulklari bo‘lgani 2022 yilda ishlab chiqarilgan BMW X 5 rusumli hamda 2021 yilda ishlab chiqarilgan Tracker-2 rusumli avtotransport vositalari hisobidan B.O.dan sobiq turmush o‘rtog‘i F.O.ga jami 723 mln 659 ming undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davrida esa tomonlarga xabarnomalar yuborilganidan so‘ng, majburiy ijro harakatlari davomida 5 mart kuni B.O. hisobidan F.O.ga ulushi sifatida 60 ming dollar undirib berilib, undiruvchiga tilxat orqali topshirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda BMW va Tracker-2 hisobidan sobiq xotinga 60 ming dollar undirib berildi