Ozodbek Nazarbekov: “Farzandlarim Rio-2016 qahramonlariga xavas qilib, sportchi bo‘lishga qaror qildi”


Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimizni tantanavor kutib olish marosimida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi, deyiladi "Darakchi" nashrida.
Xonandaning rasmiy saytining ma’lumot berishicha, Ozodbek Nazarbekov sportchilarni faxr bilan tabriklab shunday dedi:
"Judayam katta yutuqlarni qo‘lga kiritdingiz. Shaxsan mening farzandlarim sizga havas qilib sportchi bo‘laman, deb qaror qilishdi! Chempionlik muborak bo‘lsin. Siz bilan faxrlanamiz!”.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…