O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
"Davlatimiz rahbari maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi bo‘lgani ta’kidlanadi", — deyiladi xabarda.
Mamlakat yetakchisi Rossiya prezidentiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.
Shuningdek, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham Rossiya davlat rahbari saylovlarida yetakchi bo‘lgan Vladimir Putinga tabrik telegrammasi yo‘lladi.
Qolaversa, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ham Vladimir Putinni Rossiya prezidenti etib qayta saylangani bilan tabriklashga ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etdi: 15, 16 va 17 mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Slutskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Noviye lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»