Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida noqonuniy ravishda harbiy dala kiyimida yurgan soxta xodim qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, 17 mart kuni soat 13:05 larda Toshkentning “Eski Juva” bozori hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu bozorda Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan notanish shaxs qo‘lga olingan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Milliy gvardiya xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. ekani, shuningdek Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan.
Fuqaro Shayxontohur tumani IIB mas’ul xodimlariga topshirilib, soxta guvohnoma va harbiy kiyim-kechaklari olib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil noyabrda Namangan viloyatining Davlatobod tumanida soxta DXX xodimi ushlangandi. U mahalliy fuqaroning tanishiga nisbatan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa yengilroq jazo turiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»