O‘zbekistonda mingdan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlar onlayn-taksi agregatorlari xizmatlari orqali haydovchilik qilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, umumiy hisobda 1 mart holatiga o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortig‘i soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. E’tiborlisi, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda.
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:
- 1 million so‘mgacha — 104 241 nafar;
- 1 milliondan 2 mln so‘mgacha — 24 350 nafar;
- 2 milliondan 5 mln so‘mgacha — 23 817 nafar;
- 5 milliondan 10 mln so‘mgacha — 7 887 nafar;
- 10 milliondan 15 mln so‘mgacha — 1 180 nafar;
- 15 million so‘mdan yuqori — 189 nafar.
Faoliyatini qonuniylashtirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga nafaqat qonuniy daromad olish, balki ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlariga ham xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»