12:00 / 26.03.2024
80

Zangiotada qarzdordan 76 million so‘m aliment undirildi

Zangiotada qarzdordan 76 million so‘m aliment undirildi
Bola ta’minoti bo‘yicha sudning hal qiluv qarori asosida ijro hujjatlari Byuro organlariga kelib tushar ekan,zudlik bilan ijro ishi qo‘zg‘atiladi va aliment pullarini undirish choralari ko‘riladi.

Farzand voyaga yetgunga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment bo‘yicha ijro hujjatlari davriy hisoblanib ko‘p yillar davomida ish yurituvda bo‘ladi.
Byuroning Zangiota bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 11.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Bobajonovdan, undiruvchi U.Bobojonova foydasiga ikki nafar farzani ta’minot uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning 3 yillik qarzdorligi, jami 76.177.000 so‘m qarz pullar undirilib,tegishli tartibda rasmiylashtirilib undiruvchiga topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada qarzdordan 76 million so‘m aliment undirildi