14:00 / 26.03.2024
164

Farg‘onada issiqxonasida ko‘knori yetishtirayotgan “dehqon” fosh qilindi

Farg‘onada issiqxonasida ko‘knori yetishtirayotgan “dehqon” fosh qilindi
Farg‘ona viloyat Oltiariq tumanida tomorqasidagi issiqxonada ko‘p miqdordagi ko‘knori giyohvandlik moddasini yetishtirgan shaxs aniqlandi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati bergan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 18 mart kuni Farg‘ona viloyat IIB, DXX hamda Oltiariq IIB tezkor xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda “Chinortagi” MFY da yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyi tomorqasida joylashgan issiqxonada jami 1 800 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani maʼlum bo‘lgan.

Bundan tashqari, mazkur uyning og‘ilxonasida quritilgan holdagi 6 kg ko‘knori giyohvandlik moddasining quritilgan poyalarini saqlayotgani fosh bo‘lgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada issiqxonasida ko‘knori yetishtirayotgan “dehqon” fosh qilindi