22:05 / 26.03.2024
279

Toshkentda tilanchi ayollar pul ishlash uchun o‘zgalarning bolalarini ijaraga olgani aniqlandi

Toshkentda tilanchi ayollar pul ishlash uchun o‘zgalarning bolalarini ijaraga olgani aniqlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkentning Uchtepa tumanidagi masjidlar atrofi va chorrahalarda o‘tkazilgan reyd davomida tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan 26 nafar ayol aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, ularning tilanchilik qilib yurgan 13 nafar voyaga yetmagan farzandi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Tadbir davomida 3 yoshga to‘lmagan, 1,5 yoshlar atrofidagi 3 nafar bola o‘zining onasi bo‘lmagan boshqa ayollar tomonidan tilanchilik quroli sifatida foydalanilgani ham aniqlangan. Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Abdurashid Ochilovning so‘zlariga ko‘ra, bu bolalarni o‘rnatilgan tartibda go‘daklar uyiga joylashtirish choralari ko‘rildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi 188-3-moddasiga ko‘ra, tilanchilik bilan shug‘ullanish BHMning bir baravaridan uch baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 million 20 ming so‘mgacha) jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek, shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bo‘lmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni tilanchilik qilishga jalb etish esa BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Tilanchilik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs bu qilmishni takroran sodir etsa, Jinoyat kodeksiga asosan 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tilanchi ayollar pul ishlash uchun o‘zgalarning bolalarini ijaraga olgani aniqlandi