Devorlarga ishlangan mozaikalar madaniy meros sifatida tan olindi

Devorlarga ishlangan mozaikalar madaniy meros sifatida tan olindi
Hukumat qarori bilan respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan 160 ga yaqin mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.

Bu ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

Qaror bilan Kadastr agentligiga devorlarga ishlangan mozaika kompozitsiyalarini davlat kadastriga kiritish topshirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar