Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining sudyasi A.B. 200 AQSH dollari pora olganda ushlangan.

Bugun, 28 mart kuni Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda Kengash xulosasi bilan A. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.

Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi kengash matbuot xizmati xabarida.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar