Surxondaryoda 1,2 ming dollarga ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida pul evaziga TOEFL sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.R. ismli shaxs fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy ta’limning magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun TOEFL sertifikatini olib berishni va’da qilib, evaziga 1,1 ming dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil iyulda Qashqadaryoda “Milliy sertifikat” tayyorlab berish uchun 6,6 ming dollar olgan hokim yordamchisi ushlangan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qayd etilishicha, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.R. ismli shaxs fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy ta’limning magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun TOEFL sertifikatini olib berishni va’da qilib, evaziga 1,1 ming dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil iyulda Qashqadaryoda “Milliy sertifikat” tayyorlab berish uchun 6,6 ming dollar olgan hokim yordamchisi ushlangan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…