06:00 / 02.04.2024
223

Och holatda rulga o‘tirmang: shifokor sababini aytdi

Och holatda rulga o‘tirmang: shifokor sababini aytdi
Kuchli ochlik tuyg‘usini boshdan kechirayotgan haydovchi yo‘lda xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda diyetolog va terapevt Antonina Savolyuk Gazeta.ru bilan suhbatda ma’lum qildi.

«Sog‘lom holatdagi katta yoshlilar uchun qisqa muddatli ochlik xavf tug‘dirmaydi, ammo bu tuyg‘u qanchalik kuchli bo‘lsa, noqulaylik shunchalik ko‘p bo‘ladi. Noqulaylik - bu asab tizimining resurslarini yemiradigan va e’tiborni chalg‘itadigan stressdir», - deb ogohlantirdi shifokor.

Savolyukning qayd etishicha, agar haydovchi ko‘pincha o‘zining noxush fiziologik holatidan chalg‘isa, bu yo‘lda xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarishi va hatto YTHlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shifokor ochlik tuyg‘usi, ayniqsa, sog‘lig‘ida muammo bo‘lgan haydovchilar uchun zararli ekanligini qo‘shimcha qildi.

«Agar haydovchida uglevod almashinuvi buzilgan bo‘lsa, ochlik xavfli tus oladi. Misol uchun, tanada shakar miqdori tezda tushishi mumkin, ya’ni konsentratsiyaning keskin pasayishi, hatto diqqatni yo‘qotish yoki chalkashlik ham kuzatiladi. Bunday odamlarga haydovchilik guvohnomasini olishni taqiqlab bo‘lmaydi, ammo ularning fiziologik holati yaxshi ovqatlanishi ustuvor bo‘lishi kerak», — deya xulosa qildi Savolyuk.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Och holatda rulga o‘tirmang: shifokor sababini aytdi