Jinoyatchi o‘zi haqidagi e’lon xususida telekanalga murojaat qildi

Avstraliya qamoqxonasidan qochgan Emi Sharp (Amy Sharp) 7 News Sydney telekanalidan, uning qidirilayotgani xususida Facebook sahifasiga joylashtirilgan suratini almashtirishni talab qildi, deyiladi "Kun" nashrida.
Telekanal o‘z e’lonida polisiya axloq tuzatish idorasidan qochgan 18-yoshli Sharpni qidirayotganini xabar qilgan. Qizning tashqi ko‘rinishi haqidagi ma’lumotga, ehtimollarga ko‘ra, qamoqxonada olingan surati ham ilova qilingan.
Mazkur e’lonni ko‘rgan qochoq qiz 7 News Sydney telekanalidan birmuncha yaxshiroq suratni joylashtirishni so‘rab, boshqa suratini taklif ham qilgan.
«Iltimos, mana bu suratdan foydalaning, rahmat. Sizning Emi Sharp», — deb yozgan qiz.
Sharpning bunday jur’ati tezda shov-shuvga aylanib, 62 ming kishi uni ma’qullagan, 10 minglab kishilar fikrlarini qoldirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing