06:30 / 03.04.2024
96

O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokurorlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya bosh prokurori I.Krasnov taklifiga binoan O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi prokuratura organlari delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif doirasida joriy yilning 2 aprel kuni ikki davlat nazorat organlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Konstruktiv muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya prokuratura organlari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy hamkorlik masalalar, shuningdek, aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilingan.

O‘zbekiston bosh prokurori prokuratura organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirib, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka, jumladan terrorizmga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni birlashtirish zaruratini ta’kidlab o‘tgan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari o‘rtasida 2024—2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi