Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «O‘zbekiston shaharsozlik bo‘yicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining arxitektori andijonlik tadbirkordan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, arxitektor «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUKning Andijon viloyati filiali direktori lavozimida ishlovchi o‘zining otasi bilan til biriktirib, tadbirkorga Andijon shahridagi 2 ta manzilda ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurishiga oid qurilish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan.
Hozirda arxitektor va uning otasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»