139
Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimidan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimiga qo‘ng‘iroq qilib, uning qizi yo‘l-transport hodisasida jarohat olgani va davolash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazish lozimligini aytib, pul undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Milliy gvardiya xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 4 aprel kuni noma’lum ayol Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi xavfsizlik postidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. U xodimga qizi yo‘l-transport hodisasida jarohat olgani, uni davolash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazish lozimligini aytib, 20 ming dollar so‘ragan.
Qo‘riqlash xizmati xodimi firibgar qo‘ng‘iroq qilayotganini anglab, «qizini qutqarish uchun» uchrashishga va pul berishga tayyorligini aytgan. Ayol Pokiston elchixonasi yaqinida uchrashuv tayinlagan, lekin pulni olib ketish uchun o‘zi kelmasligini, o‘rniga Ruslan ismli tanishini yuborishini aytgan.
Shundan so‘ng, ushbu shaxs tayinlangan joyda qo‘lga olinib, Yakkasaroy tumani ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan. U Chilonzor tumanida yashovchi Samandar ismli 23 yoshli yigit ekani aniqlangan.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv davomida uning sherigi aniqlanishi, shuningdek, boshqa shu kabi jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilishi ta’kidlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»