Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Toshkent shahrida madaniy meros obyektlari qatoriga kiritilgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mart oxirlarida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ro‘yxatga kiritilgan mozaikalarning aksariyati Toshkentda joylashgan. Shuningdek, unda Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Angren, Guliston va bir qancha tumanlardagi mozaikalar mavjud.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi bu borada chora-tadbirlarni amalga oshirib, Mirobod ko‘chasida joylashgan binodan reklama banneri olib tashlandi.
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Ushbu qarorga muvofiq mozaikali binolarga reklama bannerlarini o‘rnatish taqiqlanadi.
"Agar siz milliy ro‘yxatga hali kiritilmagan mozaika yoki pannolar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, marhamat, [email protected] elektron pochtasi orqali xabar bering”, — deyiladi xabarda.
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Chilonzor tumanidagi uylardan birida belaruslik quruvchilar tomonidan yaratilgan mozaika bo‘yalgani haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng Toshkent shahar hokimligi tomonidan uni tiklash chorasi ko‘rilgandi. Undan bir yil avval Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Parkent Plaza jamoasi bilan birgalikda Yunusobod tumanidagi uylarning birida bo‘yoq surilgan mozaikani to‘g‘rilash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»