15:11 / 06.04.2024
275

Zakot haqida berilgan muhim savolga mutaxassisning javobi

Zakot haqida berilgan muhim savolga mutaxassisning javobi
Bizga kelayotgan savollardan ko‘pchilik zakot farz bo‘lishi uchun nisobga yetarli boylikka bir yil o‘tish shart ekanligi borasidagi hukmni noto‘g‘ri tushunayotgani ko‘rinmoqda. Odamlardan “Men o‘tgan yili ma’lum miqdordagi mablag‘dan zakot berganman. Bir yil o‘tdi, yana zakot bermoqchiman. Lekin o‘tgan yilgi mablag‘imga yil davomida mablag‘ qo‘shilib kelmoqda. Bu qo‘shilgan mablag‘lar qo‘limga tushganiga bir yil bo‘lmadi. Bular hisobidan zakot farz emasmi, qo‘limga tushganiga bir yil bo‘lsa berishim farz bo‘ladimi?” degan savol ko‘p uchramoqda.

Buning javobi shuki, bir yil oldin zakot bergan bo‘lsangiz va mulkingizga yil davomida mablag‘ qo‘shilgan bo‘lsa, qo‘lingizdagi barcha mablag‘dan zakot berishingiz farz bo‘ladi. Oddiyroq aytganda o‘tgan yili zakotni farz qilgan nisob, ya’ni xamirturushga bir yil o‘tgani kifoya qiladi. Yil davomida qo‘shilgan mablag‘ga bir yil o‘tishi shart emas.

Misol bilan tushunsak, siz o‘tgan yili Ramazonning 25-kuni 100 million so‘mdan zakot bergansiz, yil asnosida yana 100 million qo‘shildi. Garchi, u mablag‘ bu yilgi Ramazonning 24-kuni qo‘shilgan bo‘lsa ham 25-kuni 200 milliondan zakot berasiz. Alloh taolo barakasini bersin.


Habibulloh Abdulg‘afforning feysbukdagi sahifasidan olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zakot haqida berilgan muhim savolga mutaxassisning javobi