Toshkent shahrida o‘tgan uch oyda ushlangan fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni ochiqlandi. Bu haqda IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, salbiy illatlardan biri fohishaxona saqlash va fohishalik bilan shug‘ullanish holatlariga qarshi kurashish maqsadida xodimlar tomonidan tezkor-profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan olib borilmoqda.
Foto: IIBB
Natijada joriy yilning uch oyi davomida Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 1 068 nafar shaxs aniqlangan bo‘lib, ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilgan. O‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992 nafar) viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan.
Bundan tashqari, joriy yilning uch oyi davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 209 ta holat aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»