00:30 / 09.04.2024
113

Toshkent viloyatida sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan shaxs ushlandi
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop va sintetik dori vositalarining aylanmasiga qarshi kurashish borasida, Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan joylarda kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yuqori Chirchiq tumanida tungi xizmatga jalb qilingan patrul-post xizmati xodimlari va hududiy profilaktika inspektori tomonidan “Jumabozor” hududida shubhali ko‘ringan 2000 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs (A.S. va S.J)lar to‘xtatib tekshirilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Natijada ushbu shaxslarning yonidan 28 dona qizil poliyetilen paketlarda qadoqlangan tarkibida faol giyohvand modda bo‘lgan (ekspertiza xulosasi) sintetik vositalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

O‘rganishlar davomida ular giyohvandlik vositalarni belgilangan joylarga yashirib, joylashuv manzilini mobil telefonlari orqali suratga olib buyurtmachiga yuborishlari ma’lum bo‘lgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Yuqori Chirchiq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan shaxs ushlandi