212
Jizzaxda ko‘p qavatli bino tomiga yana bir qavat qurilayotgani bo‘yicha ma’lumot berildi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahri Mustaqillik ko‘chasidagi ko‘p qavatli turar joy binolariga qo‘shimcha qavat qurilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, 2018 yilda Jizzax shahar hokimi qarori bilan “M.K.” MCHJga “Zilol” MFY Mustaqillik ko‘chasi hududidan ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi uchun yer maydoni ajratilgan. Jizzax viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan loyiha ishlarini amalga oshirish maqsadida arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i berilgan.
Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. “O‘zgashLITI” DUK tomonidan obyekt uchun geologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha xulosa berilgan. “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Jizzax filialidan yuqoridagi obyektlarga 2019 yil 23 aprel va 2020 yil 4 fevralda ekspertiza xulosalari olingan.
Obyekt 2019 yil 1 aprelda Jizzax viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 5 qavatli turar joy sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Buyurtmachi “Metan Korea” MCHJ tomonidan qurilgan 1a- va 2a-uy 2021 yil tegishli dalolatnomalar bilan foydalanishga qabul qilingan.
2023 yilda Jizzax shahar qurilish bo‘limi tomonidan mazkur obyektdagi 1a-uyning ixtisosini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma berilgan. Obyektda Jizzax shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi tomonidan 1a- va 2a-uyga mansarda qurish uchun 2023 yil arxitektura rejalashtirish topshiriqlari ishlab chiqilgan bo‘lib, Jizzax viloyati qurilish va kommunal xo‘jaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023 yil 12 iyundagi xulosasi olingan.
Jizzax shahar “Zilol” MFY Mustaqillik ko‘chasi hududidan “5 qavatli binoga mansarda qurish” 1a- hamda 2a-ko‘p qavatli turar joy binosiga mansarda qurish bo‘yicha “Proyekt ekspertiza” MCHJ tomonidan 2023 yilda ekspert xulosalari olingan.
1a- va 2a-sonli 5 qavatli uy-joylar foydalanishga qabul qilingan, 3a- va 4a-sonli uylarda ta’mirlash ishlari yakunlanmagani sababli foydalanishga qabul qilinmagan.
Bundan tashqari, buyurtmachi “Metan Korea” MCHJ tomonidan 1a-uyning tom qismida g‘isht terish ishlarini bajarish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etilmagani sababli hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma rasmiylashtirilib, aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan jarima qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”