16:48 / 18.04.2024
259

Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi

Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi
Byuroning Yangiyӯl shahar bӯlimi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bӯyicha Yangiyӯl tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Abdurahmonovdan, undiruvchi K.Abdurahmanova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun bola voyaga yetguniga qadar 18 yoshgacha bӯlgan aliment pullari to‘lab berishi bo‘yicha ijro hujjati mavjud.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan. Natijada unga nisbatan tegishli tartibda maʼmuriy jazo, keyinchalik jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Sud jarayonida qarzor ota farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pullarini to‘lash majburiyatini olib bu bo‘yicha undiruvchi bilan kelishuv erishgan.

Kelishuv asosida undiruvchi farzandi taʼminoti uchun 160 million so‘m miqdorida aliment pullarini oldindan olganligi bo‘yicha yozgan tilxati asosida mazkur ijro hujjati amalda tamomlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi