17:23 / 18.04.2024
287

Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi

Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 15 aprel kuni no’malum shaxslar tomonidan yuzlariga niqob taqqan holda Toshkent shahrining Yunusobod tumanining 8-mavzesida maxsus qurilish texnikasidan foydalanib, ko‘p qavatli aholi yashash hududida ko‘p yillik daraxtlarni qasddan nobud qilganliklari bo‘yicha xabarlar tarqalgandi.

Prokuratura organlari tomonidan mazkur xabar asosida tekshirish o‘tkazilmoqda.

Hozirda huquqbuzarlarning shaxsi to‘liq aniqlanib, tegishli protsessual chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Nazorat tadbiri davomida daraxtlarni nobud qilgan shaxslar va hududda qurilish ishlari amalga oshirishni rejalashtirgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslarining hatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi