Yorqinxo‘ja Umarovning onasi, xonanda Zohida Umarova “Laziza shok.uz” YouTube kanaliga bergan intervyusida o‘g‘li va kelini bilan emas, o‘zi alohida yashashiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi.
— Birinchidan, men kelin uni qilishi kerak, buni qilishi kerak, deydigan qaynona emasman. Kelin bechora ertalab vaqtli turishi kerak, bo‘lmasa xijolat bo‘ladi, uni oldida men xijolat bo‘laman. Mening o‘z hayotim, ularning o‘z — yoshlarcha hayoti bor. Ular maza qilib o‘zlari yashasin. Tasavvur qiling, er-xotin ertalab o‘rnidan turdi. Kelin xijolat: “Voy ayam mendan oldin turdilarmikan”, deb. Va uning qalbi to‘kis bo‘la olmaydi. Kelinimning shunaqa bir chiroyli tarbiyasi borki, har doim rahmat aytaman. Shuning uchun ham meni yonimda doim xijolat bo‘lib turadi. Hozir og‘iroyoq. O‘qishga boradi. Ertalab o‘zim choy tayyorlab qo‘ysam, rosa xijolat bo‘ladi.
Kelinimni malikam deb chaqiraman. U juda kuyinchak. Jigarlari uchun jon kuydiradi. Bizdan ancha-muncha farosati o‘tkir. Mening xayolimga ham kelmasa-da, qizlarimga internetdan narsalar buyurtma qilib yuradi. Bir kuni kelinim bilan singlimnikiga mehmonga borayotgandik. “Oyijon, narigi uyga borib kelaylik” dedi. Nimaga qizim, desam, “Bu uydagi duxovkaga uncha tushunmayapman, u uydagi duxovkani rosa yaxshi tushunaman, xolamnikiga napoleon pishirib olmoqchiman”, dedi. Men hayron qoldim. Ming rahmat, bolam, keling peshonangizdan bir o‘pay, dedim.
Odamlar Zinnuraxonni 17 yoshda kelin qilganimizni qoralab izohlar yozishibdi. Lekin ular islomiy oila va bu to‘g‘ri qadam. Ikki yoshning o‘rtasida juda buyuk muhabbat bor, nimaga odamlar shu muhabbatni muhokama qilmaydi? — deydi Zohida Umarova.
Ma’lumot uchun, Yorqinxo‘ja Umarov 2023 yilning 19 sentyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qizi Zinnuraga uylangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi