Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani fuqarosi turmush o‘rtog‘ini 16 marotaba pichoqlab o‘ldirdi. Qotillik rashk tufayli sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Qorako‘l tumani mahalllaridan birida yashab kelayotgan 49 yoshli H.O. bir necha kun ilgari 34 yoshli xotini S.E.ni rashk tufayli 16 marotaba pichoqlab o‘ldirgan.
Mahalla raisining bildirishicha, har ikki fuqaro ham avvalgi turmushidan ajralgan va qonuniy nikohda ikkinchi turmush bilan yashab kelishayotgan bo‘lgan. S.E. fuqaro H.O. bilan turmush qurgach, 1 yoshga yetmagan emizikli qiz farzandi bilan ushbu xonadonga kelgan.
«Oilada yana uch farzand dunyoga keldi. Ikki qiz va bir o‘g‘il. Hozir S.E.ning farzandi 15 yoshda. Aqlli, esli, hushli qiz. Ota-onasiga mehr bilan ulg‘aydi. Uka-singillariga ham o‘zi bosh-qosh. Erkak ikkinchi guruh nogirogi bo‘lgani bois, doimiy mahalla e’tiborida bo‘lib kelgan. Ko‘mak, moddiy yordamlar berib turilgan. Yig‘in yoki tadbirlarda er-xotin ikkalasi ham birinchilardan bo‘lib kelishardi. To‘g‘risi, er-xotin o‘rtasidagi janjal, kelishmovchilik, ur-sur haqidagi gap-so‘zlar ko‘chaga chiqmagan va bunday bo‘lmagan ham. Ayoli tumandagi ip-yigiruv fabrikasida ishlardi. Faqat H.O.da bitta ayb – o‘ta kuchli rashki bor edi. Ayolini ortidan ishxonasiga boraverar, janjal ko‘tarmasa-da, ortidan hech qo‘ymasdi. Qotillik haqida eshitib, dong qotdik», — deydi mahalla raisi.
Ayni paytda holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi