Bugungi kunda oramizda shunday haydovchilar ham borki, qonunda belgilab qo‘yilgan yo‘l harakati qoidalarini mensimasdan, tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan, o‘z nafsini jilovlay olmay spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda transport vositasini boshqarib, nafaqat o‘zining balki boshqa fuqarolarning ham hayotiga xavf solmoqda.
Joriy yilning 1-choragi davomida Byuroning Boyovut tuman bo‘limi ish yurituvida yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan 1432 nafar fuqarolarga nisbatan qo‘llanilgan 665,1 mln. so‘mlik ijro hujjatlari qoldig‘i mavjud bo‘lib, shundan 186,8 mln. so‘mlik 436 ta ijro hujjatlari bo‘yicha ma’muriy jarimalar to‘liq undirilgan.
Misol uchun, hamkorlikda tashkil etilgan reyd natijasida bir kunda qarzdorligi mavjud 11 nafar fuqarolarning transport vositalari jarima maydonchasiga vaqtincha saqlash maqsadida qo‘yilgan bo‘lsa, qarzdorlardan 8,7 mln. so‘m mablag‘ amalda undirilishi ta’minlandi.
Byuroning Boyovut tuman bo‘limi ish yurituvida, Boyovut tuman Davlat inspeksiyasining 31.03.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.Sh.dan undiruvchi davlat foydasiga 4,7 mln. so‘m soliq qarz undirish belgilangan, ijro ishi kelib tushgan kunning o‘zida qo‘zg‘atilib, qarzdorni ogohlantirgan.
Tadbir davomida, qarzdor belgilangan muddatda to‘lamaganligi sababli, qarzdorga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinasi xatlanib, vaqtincha saqlash uchun Boyovut tumanda joylashgan YPX maskaniga olib borilgandan so‘ng qarzdor tomonidan mazkur ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarzdorlik to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.
Hozirda hamkorlik davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi