
Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga («Chorvoq» erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.
Avtobuslar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan (Humson) esa 6:00 va 16:00 harakatlanadi.
Qatnovlar «Uzautotrans service» korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar