Bu yil may oyi qanday bo‘lishi kutilmoqda? Gidrometeorologiya xizmati bu haqda ma’lumot berib o‘tdi.
1-2 may kunlari respublikaning barcha viloyatlarida, 3 mayda hududning katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kunduzi 26-29 daraja, ba’zi joylarda 30-32 darajagacha bo‘ladi.
3 mayda respublikaning janubi-g‘arbida, 4-5 may kunlari ko‘pchilik viloyatlarda, 6 mayda sharqiy hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Yomg‘ir paytida harorat 20-25 darajagacha pasayadi.
May oyi birinchi o‘n kunligining oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo harorati 23-28 darajadan 30-35 darajagacha, ba’zi joylarda 38 darajagacha o‘zgarib turadi.
Ushbu davrning ayrim kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi, ba’zi joylarda jala xususiyatli mahalliy yomg‘irlar yog‘adi. Hatto bitta shahar ichida ham may yomg‘iri bir joyda kuchli yog‘ishi va boshqa joyda esa deyarli yog‘masligi mumkin.
Ayniqsa tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi juda xavflidir. Ular sel kabi dahshatli tabiiy hodisaning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari haqida o‘z vaqtida ogohlantirish masalasi O‘zgidrometning asosiy vazifalaridan biridir. Bunday ogohlantirishlardan to‘g‘ri foydalanish moddiy zararni kamaytirishga va inson qurbonlarini oldini olishga yordam beradi.
Iqlim xususiyatlariga ko‘ra (ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlar) may oyi odatda aprel oyiga nisbatan o‘rtacha 4-6 darajaga iliqroq bo‘ladi.
Hududning katta qismida o‘rtacha kunduzgi harorat oyning birinchi yarmida 24-27 daraja, ikkinchi yarmida esa 28-31 darajani tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”