Sayyoramizning 758 million katta yoshdagi aholisi savodsiz bo‘lib qolmoqda, ularning ko‘pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu haqda "RT" nashriga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.
YuNESKOning bosh direktori Irina Bokovaning so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab maktabga bormaydigan bolalarning soni 263 million kishiga etgan. Ularning uchdan biri mojarolar bo‘layotgan hududlarda yashaydi.
“Maktablarga hujumlar soni ortmoqda. Statistika ko‘ra, maktabga bormaydigan muhojir-bolalarning soni besh marotaba oshishi mumkin”, deydi Bokova.
“Eng og‘ir yuk xotin-qizlar bo‘yniga tushdi. Sahroi Kabirning janubida joylashgan Afrika davlatlarida qizlarning noqulay sharoitda ekanligi bois, ular 2086 yilga borib maktabga boorish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bunday bo‘lmasligi uchun davlatlardagi ta’lim bilan bog‘liq yondashuvlarni o‘zgartirish kerak”, deb ta’kidladi YuNESKO bosh direktori.
YuNESKO ta’limni birinchi o‘ringa qo‘yishni taklif etadi: “Yondashuvlarni o‘zgartish kerak. Ayniqsa, o‘rtacha va past daromadga ega bo‘lgan davlatlarda bilim salohiyatini barcha jabhalarda safarbar etish kerak”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan