12:57 / 12.05.2024
65

Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz 1,5 tonna go‘sht to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz 1,5 tonna go‘sht to‘xtatib qolindi
Foto: IIB axborot xizmati
Surxondaryoda uchta holatda iste’molga yaroqsiz jami 1,5 tonna go‘sht to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, 2024 yil 7 may kuni “Darband” muntazam YPX maskanida Denov-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro M.Sh. mashinasi yukxonasida 140 kg mol go‘shti olib ketayotgani aniqlangan.

2024 yil 8 may kuni tunda Denov-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro A.A. mashinasi yukxonasida 475 kg mol go‘shti olib ketayotgani aniqlangan.

Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro N.J. mashinasi yukxonasida 400 kg mol go‘shti olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan.

Barcha holatlarda go‘sht tegishli veterinariya hujjatlarisiz olib ketilayotgan bo‘lgan. Laboratoriya tekshiruvida mahsulotlar iste’molga yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

Go‘sht egalariga nisbatan MJtKning tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayyonnoma rasmiylashtirilgan va go‘sht mahsulotlari belgilangan tartibda yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda iste’molga yaroqsiz 1,5 tonna go‘sht to‘xtatib qolindi