Buxoro viloyati, Jondor tumani tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi nogironligi bor shaxsdan pora undirayotganida qo‘lga olindi.
Bu haqda Buxoro viloyati IIB xodimining bildirishicha, holat joriy yilning 25 aprel kuni sodir bo‘lgan. Holatga ko‘ra, U.N. bemor R.Ch.ni aldab, vakolatli tanishlari orqali uning nogironlik nafaqasiga chiqishida kerakli hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan va evaziga undan 200 AQSH dollari talab qilgan. R.Ch. buncha mablag‘i yo‘qligi va iqtisodiy sharoitga ega emasligini tushuntirgan. Biroq, U.M. “talabi” bajarilsayotgani uchun bemorning tashvishini paysalga solib kelavergan. R.Ch. bu haqda huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Kelib tushgan murojaat Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Jondor tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari va boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlari davomida shifokor nogironligi bor shaxsdan Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning ma’muriy binosida talab qilingan pullarni olayotgan paytida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”