15:11 / 13.05.2024
143

Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi tezlashdi

Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi tezlashdi
Toshkent shahrida ikkilamchi (eski) uy-joylarning o‘rtacha narxi yil davomida qariyb 13 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislarining hisobotida keltirildi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning aprel oyida ikkilamchi uy-joy narxi 0,7 foizga pasaydi, yillik ko‘rsatkichlarda esa ikkilamchi uy-joy narxi 11,6 foizga oshdi.

Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng yuqori o‘sishi quyidagi viloyatlarda qayd etildi:

- Toshkent — 23,6 foiz;
- Buxoro — 21,3 foiz;
- Xorazm — 20,5 foiz.

O‘z navbatida, Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi. Mart oyida poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi atigi 0,2 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, aprel oyida 1,1 foizga oshgan.

Narx o‘sishining eng yuqori sur’atlari Bektemir — 3,8 foiz, Yakkasaroy — 3,6 foiz va Chilonzor — 3,1 foiz tumanlarida qayd etildi.

Umuman, aprel oyida O‘zbekiston uy-joy bozoridagi faollik o‘sdi. Ushbu oyda bitimlar soni 11,2 foizga oshib, savdolar 20 mingta bitimni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning eng katta o‘sishi Navoiy (24 foiz) va Sirdaryo viloyatlarida (22,3 foiz) shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (23,5 foiz) qayd etildi. Poytaxtning uy-joy bozorida bitimlar soni esa oy davomida 6,5 foizga oshdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi tezlashdi