Samarqandda uyi qulagan fuqaro qo‘shnisidan 300 ming dollar talab qilmoqda. Bu haqda viloyat IIB ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, uyi qulagan fuqaro ichki ishlarga murojaat qilgan. Ish hujjatlarga ko‘ra, 15 may kuni fuqaro M.H. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda tumanning Samarqand ko‘chasi, 28-raqamli yashash uyi bilan bir devor qo‘shnisi T.B. hovlisida do‘kon qurish uchun (chuqur) kotlovan qazilganini, o‘zi va MFY raisi bilan quruvchilarga qazishni to‘xtatishini, aks holda yashash uyi qulab tushishini bir necha bor aytib kelishiga qaramasdan, kotlovan kovlashni davom ettirgan.
Natijada 14 may kuni soat 19:45 larda yashash xonadoni qulab tushib, unga 300 000 AQSH dollari miqdorida moddiy zarar yetkazilganini bayon qilib, fuqaro T.B.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Qayd etilishicha, gumon qilinuvchi shaxs aslida Namanganda yashaydi. Hozirda to‘plangan hujjatlar yuzasidan Past Darg‘om tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishining tergovi nazoratga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahallalarning birida kotlovan qazish jarayonida qo‘shni uy qulab tushgani haqida xabarlar tarqalgach, holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Shundan so‘ng Qurilish vazirligi yangi tafsilotlarni ochiqladi. O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, poydevor quyish uchun yer qazish ishlarini olib borganligi sababli qo‘shni xonadon poydevori ostidagi tuproqning cho‘kishi natijasida turar-joyning bir qismi qulab tushgani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi