368
“Farhod” dehqon bozorida Milliy gvardiya xodimlari va qulupnay sotuvchilar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
Kadr: Instagram
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi “Farhod” dehqon bozorida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bozor hududida qulupnay savdosi bilan shug‘ullanayotgan sotuvchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida tortishuv yuz bergani tasvirlangan video tarqaldi. Unda xodimlar sotuvchilardan bu yerda noqonuniy savdo qilish mumkin emasligi, bunga javoban sotuvchilar baqir-chaqir qilganini ko‘rish mumkin.
Qayd etilishicha, 15 may kuni soat 11:00 larda “Farhod” dehqon bozori hududiga bozor ma’muriyati chaqiruviga asosan Milliy gvardiya va profilaktika inspektori yetib kelib, noqonuniy yer usti savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borgan.
Ular qatorida qulupnay sotayotgan va ushbu bozorda muntazam janjal keltirib chiqarishda nom taratgan fuqaro G.S. va B.M. huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, atrofdagilar e’tiborini o‘zlariga qaratgan holda janjal ko‘targan.
Milliy gvardiya va profilaktika inspektorining ogohlantirishiga qaramasdan, jamoat joyidagi yurish-turish qoidalarini mensimagan ushbu fuqarolar esa o‘rnatilgan tartibda hududiy profilaktika inspektorining xizmat xonasiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 194-1- (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir qilganliklari yuzasidan, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi