20:31 / 16.05.2024
71

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi
Prezident “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitishga yo‘naltirilgan “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.

Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

— yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag‘batlantirish;

— seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta’lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;

— dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarida ta’lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o‘qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish;

— yosh avlodni zamonaviy kasblarga o‘qitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini oshirish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi