Foto: Videodan kadr
DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida poytaxt hududida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Buxoro shahrida tug‘ilgan bir nechta shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ularning doimiy yashash manzillarida jangovar qurol va o‘q-dorilar borligi aniqlandi.
Jumladan, 1973 yilda tug‘ilgan shaxsning Buxoro shahridagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uyning tom qismiga yashirib qo‘yilgan 3 dona Makarov pistoleti va 21 dona patroni, 1 dona TT pistoleti va 5 dona patroni hamda 1 dona tovushni pasaytiruvchi qurilma (glushitel) protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs jinoiy sheriklari bilan birgalikda, ushbu qurollarni va o‘q-dorilarni muqaddam Rossiyadan kontrabanda yo‘li bilan olib kelishgan.
Sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qurollar va o‘q-dorilar jangovar holatda bo‘lib, foydalanishga yaroqli hisoblanadi.
Bundan tashqari, ulardan birining xonadonidan qirqma holatiga keltirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 2 dona ov miltig‘i hamda 6 dona o‘q-dori tegishli tartibda olindi.
Hozirda Jinoyat kodeksining 246- va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi