Kadr: Telegram
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida uchta yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 16 may kuni soat 10:30 larda Samarqand va Toshkent shaharlarini bog‘lovchi M-39 avtomobil yo‘lining 978-kilometrida Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomashinasining tormoz tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgan.
Oqibatda o‘zidan oldinda ketayotgan boshqa bir Howo rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Zarba kuchli bo‘lgani tufayli birinchi yuk mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Shu vaqtda yo‘lning chap tomonida harakatlanib ketayotgan SANY rusumli yuk avtomobili ham ag‘darilib ketgan yuk mashinasi saloniga borib urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.
Manbaga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan. Hozirda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hodisa sabablarini o‘rganmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”