
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga barham berish borasida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, shunday tadbirlarning birida Samarqand shahrida yashovchi, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining “So‘g‘diyona” bank xizmatlari markazida moliyaviy konsultant lavozimida ishlab kelayotgan 36 yoshli M.J. bank mijozi bo‘lgan mahalliy fuqaroga 700 million so‘m miqdorida ipoteka krediti rasmiylashtirib berishda yordam berishini aytib, evaziga 20 million so‘m va 100 dollari miqdoridagi pul mablag‘ini talab qilib kelayotgani aniqlangan.
Shundan so‘ng, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirda M.J. mahalliy fuqarodan avvaldan kelishilgan 20 million so‘m va 100 dollarni olgan vaqtida ushlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar