19:41 / 24.05.2024
296

Jizzaxdagi kafeda yigitning qo‘shni stoldagi qizlarga gap otishi ortidan janjal chiqdi

Jizzaxdagi kafeda yigitning qo‘shni stoldagi qizlarga gap otishi ortidan janjal chiqdi
Jizzax shahridagi kafeda bir yigit qo‘shni stolda o‘tirgan qizlarga gap otishi ortidan janjal chiqdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Unga ko‘ra, voqea Jizzax shahrining “Oqqo‘rg‘onlik” mahallasida joylashgan savdo majmuasidagi ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Mast holda o‘tirgan yigitlardan biri qo‘shni stolda o‘tirgan qizlarga gap otgan. Voqeadan xabar topgan shoxobcha qorovuli kelib, janjalni to‘xtatish maqsadida kelishmovchilikka aralashgan.

Yigitlardan ikkisi qorovulni haqoratlab, unga pivo idishini uloqtirgan. Shuningdek, qorovulni kaltaklab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Ularni ajratishga uringan shoxobchaning boshqa xodimi ham bir nechta musht zarbasini yegan. Qorovul olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yigitlar esa DXX va IIO xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Yigitlardan biri sudlanib, axloq tuzatish jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxdagi kafeda yigitning qo‘shni stoldagi qizlarga gap otishi ortidan janjal chiqdi
ePN