Foto: Senat matbuot xizmati
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 27 may kuni Ummon Sultonligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichi ikki davlatning salohiyatini ifoda etmasligini, tadbirkorlar o‘rtasida qo‘shma biznes loyihalarni faollashtirish lozimligini ta’kidladi.
Muloqot davomida fan, ta’lim, madaniyat yo‘nalishlaridagi hamkorlik, mamlakatlarning turizm salohiyatidan yanada kengroq foydalanish bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqotni o‘zaro tashriflar orqali faollashtirish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari tegishli qo‘mitalari o‘rtasida tajriba almashish va yaqin aloqalarni o‘rnatish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida diplomat ikki tomonlama munosabatlarni bundan keyin ham yanada rivojlantirish uchun bor imkoniyat va salohiyatini ishga solishini bildirib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi