img]https://zamin.uz/uploads/posts/2024-05/d5d6102016_45bfgtwb4ifnphtqglfaiuzzrz2fy-so.webp[/img]
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa va quruqlikdagi qo‘shinlarni qayta qurollantirish dasturi bo‘yicha shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RF Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev maʼlum qildi.
“Qayta qurollantirish dasturi bo‘yicha bitim tuzish kun tartibida turibdi. Qanday bo‘lmasin, bu, shubhasiz, ham havo kuchlari, ham havo hujumidan mudofaa va quruqlikdagi kuchlarning texnikalariga taalluqli bo‘ladi. Bu juda keng assortiment. Muhokama qilib, takomillashtirib, hamkasblarimizga ko‘mak beramiz”, – degan Shugayevning so‘zlarini keltirmoqda “Interfaks”.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 maydan buyon davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari qabul qilgan qo‘shma bayonotda, harbiy sohadagi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va favqulodda vaziyatlar idoralari o‘rtasidagi hamkorlikka ahamiyat qaratishda davom etilishi taʼkidlangan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlariga qurol va harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha eng yirik sherik hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar