10:30 / 29.05.2024
292

Xonanda Avazbek Olimov sudda yutqazdi. Undan shoira foydasiga 170 mln so‘m undirish belgilandi

Xonanda Avazbek Olimov sudda yutqazdi. Undan shoira foydasiga 170 mln so‘m undirish belgilandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 24 maydagi hal qiluv qarori bilan xonanda Avazbek Olimovdan da’vogar Mahliyo Ahrorova foydasiga 150 mln so‘m tovon puli va 20 mln so‘m ma’naviy zarar undirish belgilandi. Bu haqda Toshkent shahar sudi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, Avazbek Olimovga “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ijro etmaslik majburiyati yuklatilgan.

Bundan tashqari, xonanda hisobidan shoira foydasiga oldindan to‘langan 6 mln 680 ming so‘m davlat boji va 34 ming so‘m pochta xarajatini undirish ham belgilangan.

Ma’lumot uchun, shoira Mahliyo Ahrorova sudga da’vo arizasi kiritib, xonanda Avazbek Olimov uning “Go‘zal yorim” she’rini o‘zgartirib, “Sevar yorim” nomi ostida muallifning ruxsatisiz ijro etib kelganligini, “Go‘zal yorim” she’ri 2009 yilda yozilganligi va “So‘zi gavharim” kitobida chop etilganligi, xonanda uni 2015 yildan hozirgi kunga qadar muntazam ravishda nomini o‘zgartirib, turli davralarda ijro etib kelganligini ta’kidlagandi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, ayni holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining 2023 yil 4 dekabr kungi qarori bilan Avazbek Olimov ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Da’vo arizasida Mahliyo Ahrorova xonandadan o‘zining foydasiga 200 mln so‘m ma’naviy zarar hamda 340 mln so‘m tovon puli undirib berishni, xonandaga “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ijro etishni, barcha tele va radiokanallarga mazkur qo‘shiqni efirga uzatishni taqiqlashni so‘ragandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Avazbek Olimov sudda yutqazdi. Undan shoira foydasiga 170 mln so‘m undirish belgilandi