
Shayxontohur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1984 yilda tug‘ilgan shaxs 1986 yilda tug‘ilgan fuqarodan 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullari olayotgan vaqtda ushlandi.
U Yangiyo‘l tumanidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix yer maydonidan 4 sotixini mansabdor tanishi orqali kelgusida rasmiylashtirib berishini va’da qilib, 20 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan holda oldindan bo‘nak (avans) sifatida olgan 5 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, uning mansabdor tanishi 1973 yilda tug‘ilgan Yangiyo‘l tumanida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs ekanligi aniqlandi.
Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki nafar shaxs JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olindi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar