06:00 / 05.06.2024
70

42 ming dollarga Amerika va’da qilganlar qo‘lga olindi

42 ming dollarga Amerika va’da qilganlar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro G.A. fuqaro G.B.ning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroni 42 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishi hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 28 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro F.A. fuqaro M.Ya.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shm Shtatlariga borishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirib, viza olib berishi evaziga 17 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH chegarasida qariyb 3 ming nafar o‘zbekistonlik ushlangani xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 42 ming dollarga Amerika va’da qilganlar qo‘lga olindi