07:20 / 05.06.2024
68

Advokaturaga kirishni yengillashtiruvchi nizom qabul qilindi

Advokaturaga kirishni yengillashtiruvchi nizom qabul qilindi
Zamonaviy advokaturani joriy etish va advokatlik tuzilmasi xodimlari faoliyatini tashkil etishni yengillashtirish maqsadida Adliya vaziri buyrug‘i bilan «Advokat stajori va advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom yangidan tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.

Qayd qilinishicha, avval advokatlik tuzilmalarida stajirovkadan o‘tish uchun 6 tadan ortiq (ba’zida bundan ham ko‘p) hujjatlar taqdim etilishi, shuningdek, stajirovka davomida reja tasdiqlatish, referat tayyorlash va uni himoya qilish, ish bo‘yicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash talab etilar edi. Bundan tashqari, stajorning o‘rindoshlik asosida ishlashi ham mumkin emas edi.

Yangi nizomga ko‘ra, endi stajor 4 ta hujjat taqdim qiladi. Stajirovka davrida reja tasdiqlatish, referat tayyorlash, uni himoya qilish, ish bo‘yicha nutq yozish, yozma hisobotlar tayyorlash kabi talablar bekor qilingan.

Shu bilan birga, quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etilmoqda:

- stajor va yordamchiga sud yoki tergov organlarini ruxsati asosida advokat bilan birgalikda sudda yoki tergov organlarida ishtirok etish huquqi berildi;

- stajorlarga o‘rindoshlik asosida stajirovka o‘tashga ruxsat berildi;

- stajorga rahbar bo‘lgan advokat litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilganda stajor stajirovkani boshqa advokatlik tuzilmasida davom ettirishi mumkinligi belgilandi;

- advokat stajori va advokat yordamchisining faoliyati yuzasidan ikkita idoraviy normativ-huquqiy hujjat unifikatsiya qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Advokaturaga kirishni yengillashtiruvchi nizom qabul qilindi